Rasmiy munosabat


Joriy yilning 14-fevralida ijtimoiy tarmoqlarda (https://www.facebook.com/xudoyberdizominiy/posts/pfbid02kHQNUkmpNmY8qtxADACXqhSoqWkKtPyc8vEWnvcGaohfDtrAP4yFhtSuGeSkYJnvl ) tarqalgan murojaat yuzasidan Jizzax viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi. Murojaatda keltirilgan Jizzax shahri markazidagi »Ko’k bozor» hududidagi  ko‘cha yo‘llari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining   2010 yil  5 avgustdagi 169-sonli qarorida ko‘rsatilgan «Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxati»ga kiritilmagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 2 oktabrdagi «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi qonunning 3-bob, 10 va 11-moddalariga asosan tasnifiga ko‘ra ushbu yo‘llar shahar va ichki xo‘jalik avtomobil yo‘llari hisoblanib, Jizzax shahar hokimligi, Shahar obodonlashtirish boshqarmasi hisobida turadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5890-sonli farmonining 6-bandiga asosan ushbu shahar va ichki xo‘jalik yo‘llari hududiy tuman, shahar hokimligi va Obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan shakllantiriladigan “Manzilli dastur” asosida ta’mirlash ishlari olib borilishini ma’lum qilamiz.


Shuningdek

More From Author