Rasmiy munosabat

Estimated read time 2 min read

Joriy yilning 13-iyunida «JTV» kanalining Reportaj ko`rsatuvida namoyish qilingan murojaat yuzasidan Jizzax avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Mirzabuloq QFY Bolg‘oli-2 qishlog‘ida yashovchi X.Shomuradovning O‘zbekiston Respublikasining Oliy majlisi hisob palatasiga yo‘llagan murojaati yuzasidan, uning 94-575-31-65 raqamli uyali telefoniga qo‘ng‘iroq qilib bog‘langanimizda, fuqaro X.Shomuradov bilan suhbat jarayonida murojaatchi G‘allaorol tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining amaldagi rahbar yoki boshqa xodimlari, shuningdek korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyati bo‘yicha e’tirozlari yo‘qligini, uning asosiy da’vo-e’tirozlari korxonaning sobiq rahbari, ya’ni 2014-2015 yillarda shu korxona direktori lavozimida ishlagan A.Bolbekovga nisbatan ekanligini, chunki, u bilan birga moddiy javobgarlik vazifasida ishlagan davrida korxonadan faoliyatidan tashqari o‘zaro moliyaviy munosabatlarga kirishganligini, biroq yuzaga kelgan moliyaviy manbaalardan unga naf  bo‘lmaganligini, shu sababdan A.Bolbekovning rahbarlik davridagi moliyaviy xato va kamchiliklar xususida murojaat qilishga majbur bo‘lganligini, A.Bolbekovning qarzini undirilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rashini bayon qildi.

Suhbat jarayonida murojaat muallifiga, A.Bolbekov bilan o‘zaro kelishuv bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlikni undirish borasida belgilangan tartibda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilishi mumkinligi, ishni sudda ko‘rish jarayonida shaxsning xatti-xarakatlarida jinoyat alomatlari aniqlansa, bu xususida to‘plangan hujjatlar prokurorga yuborilishiga sudning vakolati borligi tushuntirildi.

Mazkur suhbat jarayonida murojaat muallifiga berilgan tushuntirish ishlaridan qanoat hosil qilganligi hamda fuqaro X.Shomuradov o‘zining  murojaati yuzasidan G‘allaorol tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga nisbatan e’tirozi yo‘qligini bildirdi.

You May Also Like

More From Author