Shu mavzuda Zomin tumani hokimligi binosida Zomin tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi Yuristkonsult Eshbekov Umidjon Rahmatovich boshchiligida xuquqiy targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda hokimiyat vakillari, tuman FVV xodimlari hamda tuman xududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Yurtimizda huquqiy ma’rifatni qaror toptirish, buning uchun aholining barcha qatlam vakillarida qonunlarga hurmat hissini shakllantirish bo‘yicha muayyan tizim yaratilgan.
Ayni sohadagi munosabatlar tegishli qonun hujjatlari asosida tartibga solingan. Ahamiyatlisi, ushbu qonunlarning ijrosini ta’minlashda fuqarolik jamiyati institutlarining ham roli va nufuzi tobora ortib bormoqda. Bu esa Davlat boshqaruv organlarining faoliyatini takomillashtirishga qaratilayotgan e’tibor va izchillik bilan amalga oshirilayotgan huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarining yorqin natijasidir.
Binobarin, Konstitutsiyamizda fuqarolik institutlarining huquq hamda qonuniy manfaatlariga rioya qilish kafolatlari, ularga teng huquqiy imkoniyatlar yaratib berishga oid tamoyillar mustahkamlab qo‘yilgan. Bu borada qabul qilingan ikki yuzdan ortiq qonun hujjatlari “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqarishda huquqiy asos bo‘lib kelmoqda.