Shunday muborak kunlarda «Sangzor» daryosidan o‘tuvchi ko‘prikni ta’mirlash ishlari mana o`z nihoyasiga yetib, foydalanishga topshirildi

Estimated read time 1 min read

Shahrimizning «Bog‘ishamol» mahallasi hududida «Sangzor» daryosidan kesib o‘tuvchi ko‘prikni ta’mirlash ishlari mana o`z nihoyasiga yetib, shunday muborak kunlarda foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov va mahalla oqsoqollari so`zga chiqib, yurt boshimiz boshchiligida go`zal diyorimizda tinch-totuvlikda shundayin ezgu ishlar amalga oshiralayotganiga yaratganga shukronalar aytishdi. Mazkur ko‘prik Davlat ahamiyatidagi 4R-35 «Jizzax sh-(4R38 avtoyo‘li)-Paxtakor sh-Do‘stlik sh- Gagarin sh-M39 avtoyo‘li(918km) » avtomobil yo‘lining 0.164 kmda joylashgan bo‘lib, Muhtaram Prezidentimizning 2022 yil 22-oktabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 408-sonli qarori asosida ta’mirlangan, loyiha qiymati 3,1 mlrd so‘mni tashkil etadi. Ko‘prikni uzunligi 67 m harakatlanish qatnov qismi 9 m, yuk ko‘tarish quvatti esa har bir o‘qqa 8 tonnadir.

You May Also Like

More From Author