Rasmiy munosabat

Joriy yilning 24-martida Telegram ijtimoiy tarmog’ining JIZZAX_XAYDOVCHILARI️️ kanalida «Jizzax shahar Ittifoq va Do‘stlik mahallasidagi tutashgan, 33 yo‘nalishli transport vositasi harakatlanadigan yo‘lda ta’mirlash ishlari nega to‘xtab qoldi?» ruknida xabar tarqalgan. Ma’lumot o‘rnida Jizzax avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi shuni ma’lum qiladiki, ushbu yo‘l «Shahar obodonlashtirish boshqarmasi» balansidadir. Hozirgi kunda qurilish ta’mirlash ishlari «Jizzax Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati» DUK buyurtmachiligida, pudratchi «Yo‘l qurilish ta’mirlash» MChJ yo‘lsozlari tomonidan bajarilmoqda. Jami uzunligi 1426 m bo‘lgan yo‘lning hozirda 340 m to‘la ta’mirlangan bo‘lib, hozirda qolgan 1086 m qismida ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Bunda albatta yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi to‘g‘risida yo‘l belgilari o‘rnatilgan. Hozirgi kunda yo‘lning bo‘ylama kesimi bo‘ylab o‘rnatilgan kommunikatsiya tarmoqlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan yer osti g‘iloflari o‘rnatilganligi, shuningdek, ularning sun’iy cho‘kish holatini kuzatish va o‘rganish maqsadida qurilish ishlari vaqtinchalik to‘xtatilgan. «Yo‘l qurilish ta’mirlash» MChJ mas’ul xodimini so‘zlariga ko‘ra, qurilish-ta’mirlash ishlari joriy yilning 26-mart sanasidan yana jadallik bilan olib boriladi. Ta’mirlash ishlari sabab yo’l vaqti-vaqti bilan yopilishi mumkin. Bunda haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so’raymiz.

Shuningdek

More From Author