O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-198-son Farmonning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish yuzasidan Zarbdor tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi yuristkonsulti U. Parmonov tomonidan ” Tinchlik ” MFY faollari bilan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida, xususiy mulk huquqi daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha fuqarolik, jinoyat va ma’muriy
javobgarlik qonunchiligi hamda korporativ munosabatlardagi yangi tartiblar hamda yerdan ixtiyoriy voz kechish, shuningdek, yuridik shaxs tugatilganda uning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarining o‘tishi bo‘yicha keng ma’lumotlar berildi. Shuningdek suhbat davomida ushbu farmon bo‘yicha aholi o‘zining qiziqtirgan savollariga javob olishdilar.
