Jizzax viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi telegramm ijtimoiy tarmog`ining Zominiy kanalida e’lon qilingan murojaat yuzasidan (https://t.me/Zominiy_uz/8703) shuni ma’lum qiladiki, xalqaro ahamiyatdagi A376 “Qo‘qon-Jizzax” avtomobil yo‘lining Zarbdor tumani hududidan o‘tgan qismi, ya’ni 262-286 kmlar oralig‘i 2022 yil 1-apreldan Zomin tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi xizmat ko‘rsatuvidan Zarbdor tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xizmat ko‘rsatuviga o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu avtomobil yo‘lining Zomin tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi xizmat ko‘rsatuvidagi 246-252 km (6 km), Zarbdor tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xizmat ko‘rsatuvidagi 273-282 km (9 km) qismlarini rekonstruksiya qilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi 2022-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi № PQ-98 qaroriga kiritilgan edi. Hozirgi kunga qadar ushbu qarorning ijrosi ta’minlanmadi, ya’ni ta’mirlash ishlari uchun mablag‘ ajratilmadi. Bundan tashqari ushbu yo‘lning 15 km qismini ta’mirlash ishlari uchun 30 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi zarurligi bo‘yicha 2023 yil Davlat dasturlariga kiritish taklifi berilgan.
Rasmiy munosabat
