Joriy yilning iyun oyida Twitter ijtimoiy tarmog’ida Toshkentdan Zominga qadar Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlari, xususan, Sirdaryo viloyatining Guliston shahri, Yangiyer, Xovos tumanlari, Jizzax viloyatining Dashtobod tumanlaridagi ayrim yo‘llarning holati ayanchli ekani, “Yangiyer—Xovos—Dashtobod” yo‘nalishidagi yo‘llarda yaqin yillarda ta’mirlash ishlari olib borilganiga qaramay, yana ta’mirtalab holga kelgani, yo‘llar sifatli asfalt qilinmayotgani tanqidga uchragan.
qabilida e’lon qilingan murojaat yuzasidan Jizzax avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Avtomobil yo‘llarida vazni me’yoridan ortiqcha, ya’ni o‘qqa tushadigan og‘irligi 13 tonnadan yuqori bo‘lgan og‘ir transport vositalarining muntazam qatnovi natijasida yo‘l asosi cho‘kib, yo‘l qoplamasida buzilishlar yuzaga kelgan.
Ushbu yo‘llardagi qolgan tamirtalab yo‘l qatnov qisimlari 2023 yil dastur asosida joriy ta’mirlash ishlari uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan bosqichma-bosqich bartaraf etiladi.