Yangi yilingiz bilan!

Estimated read time 1 min read

Qadrli yurtdoshlar !

Sizlarni Jizzax avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi kirib kelayotgan «Yangi yil» bayrami bilan chin qalbdan tabriklab,  ezgu maqsadlar sari dadil odimlab borishingizni, Siz uchun ushbu yil  umidli va barakali yillardan biri bo‘lib, ushbu yilda ulkan muvaffaqqiyatlarga erishishingizni tilakdoshimiz. Kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklaymiz, kelayotgan yil omadli, barokatli, sihat-salomatlik, yaxshilik va xursandchilik keltirsin. Sharafli va mas’uliyatli ishlarimizga allohni o’zi rivoj bersin. Xonadoningizni doimo to‘kin-sochinlik, salomatlik, baxtu-saodat tark etmasligiga tilakdoshmiz! Yangi yilda barcha hayrli ishlaringizda sizga omad yor bo’lsin. Qalbingizdan quvonch, dasturxoningizdan qut -baraka va oilangizdan shodu- hurramlik aslo arimasin. Yangi yil qutlug’ bo’lsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

You May Also Like

More From Author