E’lon
Hurmatli Jizzaxliklar va shahrimiz mehmonlari!
Shahrimizning 4R38 “M39 avtoyo‘li (962 km) -Uchtepa q-Jizzax sh.-M39 avtoyo’li (1013 km)” avtomobil yo‘lida (Korzinka supermarketi to’g’risida) “Yer osti piyodalar o’tish yo’lagi” qurish ishlari olib borilayotganligi sababli 2023-yilning 27-fevral kunidan ushbu yo‘ldan harakatlanish vaqtinchalik cheklanadi.
Haydovchilardan yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan holda aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz.