Jizzax viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida yangi boshliq o‘rinbosari tayinlandi
Jizzax viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida Bosh hisobchi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Xudayberdiyev Jamoliddin Ustemirovich boshqarma boshlig’i o’rinbosari etib tayinlandi.
Xudayberdiyev Jamoliddin Ustemirovich 1984-yil Jizzax shahrida tug‘ilgan, 2005-yilda Toshkent moliya institutini Moliya-iqtisod mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Dastlab ish faoliyatini Zafarobod tuman davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektorligidan boshlagan, keyinchalik Jizzax tumani (hozirgi Sharof Rashidov tumani) davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, Paxtakor tuman davlat soliq bosh inspektori, “Jizzaxavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish tashkiloti moliya iqtisod bo’limi bosh mutaxassisi, Jizzaxavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish tashkiloti bosh hisobchisi vazifasini bajaruvchi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Jizzax viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Xudayberdiyev Jamoliddin Ustemirovichga yangi ish faoliyatlarida omad tilaydi !
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
Foto: stv.uz
«O‘zgidromet» 26–27 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel xavfidan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, quyidagi hududlarda sel kelish xavfi e’lon qilinadi:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Yuqori Chirchiq tumanlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, Gidrometeorologiya xizmati markazi 17 mart kuni O‘zbekistonda 2022 yil mart oyi uchun ilgari kuzatilmagan darajada yomg‘ir yog‘gani haqida ma’lum qilgandi. Mart oyi boshlangandan beri respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida yog‘ingarchilik odatdagidan 2-3 marta ko‘p bo‘lgan. Toshkentda deyarli 2 oylik miqdorda yog‘ingarchilik yog‘gan.
Manbaa: kun.uz
Jizzax mintaqaviy yo‘llar buyurtmachi xizmati DUKga yangi rahbar tayinlandi
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan Jizzax mintaqaviy yo‘llar buyurtmachi xizmati davlat unitar korxonasiga shu kungacha Jizzax viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida boshliq o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Anorboyev Shuhrat Jo‘raqulovich direktor etib tayinlaydi. Anorboyev Shuhrat Jo‘raqulovich ko‘p yillarda viloyat yo‘l sohasida turli rahbar lavozimlarida ishlab kelgan, jumladan, 2006-2009 yillarda Do‘stlik tuman yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash-foydalanish korxonasi direktori, 2014-2017 yillarda Jizzaxavtoyo‘l hududiy yo‘llardan tashkiloti bosh muhandisi kabi lavozimlarda ishlab kelgan.
Jizzax viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Anorboyev Shuhrat Jo‘raqulovichga kelgusi ish faoliyatida omad va zafarlar tilaydi.
8 ta viloyatda 16-martgacha kuchli shamol va momoqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda
foto: xabar.uz
O‘zbekiston hududiga 10—16-mart kunlari Erondan iliq va nam havo, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan “O‘zgidromet” shoshilinch axborot e’lon qildi.
Qayd etilishicha, 11—16-martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 11-martda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. 12-martda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. 13-martda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.
14-martda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. 15—16-martda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. 10—16 martda respublikaning ayrim joylarida shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan:
- 10-mart va 13—16-martda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida 17—22 metr/sekundgacha;
- 11—12-mart va 15—16-martda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 17—22 metr/sekundgacha, momaqaldiroq paytida 25—28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Shuningdek, 11—13-mart kunlari A-373 Toshkent—O‘sh avtoyo‘lining Qamchiq dovoni xududida vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 20—23 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.
“O‘zgidromet” 11—15-mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel xavfidan ogohlantirdi. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel xavfi mart oyi boshidan buyon saqlanib qolmoqda. “O‘zgidromet” beqaror ob-havo ish haftasining oxirigacha saqlanib turishini prognoz qilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning 18—16-mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik sababli qor ko‘chish xavfi e’lon qilingan.
manba: daryo.uz
OTB O‘zbekiston yo‘llarining rekonstruksiyasi uchun 273,85 mln dollar ajratadi
Foto: uzavtoyul.uz
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistondagi mintaqaviy aloqalar uchun muhim bo‘lgan milliy yo‘llarni rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish uchun 273,85 million dollar miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi, deb xabar beradi O‘zA.
“Qo‘shni davlatlar bilan savdo va transportni osonlashtiradigan ishonchli yo‘l tarmoqlari dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakat sifatida O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishida muhim ahamiyat kasb etadi”, — deydi OTB Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Yevgeniy Jukov.
Qayd etilishicha, OTB loyihasi Surxondaryo viloyatidagi Darband va Denov o‘rtasidagi 106 kilometrga yaqin davlat yo‘lini yangilaydi va G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu (A380) avtomobil yo‘lining qariyb 87 kilometrini rekonstruksiya qilish imkoniyatini beradi. A380 avtomagistrali Afg‘oniston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni bog‘lovchi Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (SARES) 2-koridorining bir qismidir.
Loyiha kam texnik xizmat ko‘rsatilgan beton qoplamali yo‘llarni kengaytiradi va ularning holatini yaxshilaydi, sayohat vaqtini va transport vositalarini ishlatish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.
“Shuningdek, bu yo‘nalishlar va kesishmalarni yangilaydi, avtobus to‘xtash joylarini va piyodalar uchun qulay sharoitlarni ta’minlaydi, aniqroq belgilar va boshqa xavfsizlik funksiyalarini qo‘shadi. Avtotransport vositalarining ortiqcha yuklanishining oldini olish va yulka yotqizilishining oldini olish uchun Derbent va Denov yaqinida ikkita harakatda tortish tizimi o‘rnatiladi”, — deyiladi xabarda.
Loyiha moliyaviy savodxonlik, onlayn marketing va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ko‘nikmalarni o‘rgatish orqali loyiha jamoalaridagi tadbirkor ayollarning COVID-19 pandemiyasining salbiy ta’siridan iqtisodiy tiklanishini qo‘llab-quvvatlash uchun 150 ming dollar miqdoridagi texnik yordam grantini o‘z ichiga oladi.
1 martdan boshlab butun mamlakat bo‘ylab “Yashil yillik” umummilliy tadbiri boshlanadi
foto: kun.uz
Prezident 1 martdan «Yashil yillik» umummilliy tadbiri boshlanishini ma’lum qildi. Joriy yil bahor mavsumida «Yashil makon» loyihasi doirasida 125 mln dona daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilmoqda. Aholiga kamida 10 mln dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari bepul tarqatiladi. «Agar O‘zbekistonda ekologiyani yaxshilayman desa, har yili har bir xonadon ikkitadan daraxt eksin. Har bir tashkilot beshtadan daraxt eksin, qaysi tashkilot bo‘lishidan qat’i nazar», — dedi prezident.
2 fevral kuni prezident raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish borasidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
2021 yil noyabrda «Yashil makon» umummilliy loyihasi e’lon qilinib, 200 mln tup daraxt ko‘chati ekish rejalashtirilgan edi. Kuzda 85 mln dona ko‘chat o‘tqazildi. Ko‘plab tashkilotlar, mahallalar, umuman, keng jamoatchilik bu savobli ishda jonbozlik ko‘rsatdi. Bu yil bahor mavsumida 125 mln dona daraxt ko‘chatlarini ekish mo‘ljallanmoqda.
«„Yashil makon“ umummilliy loyihasi bir yillik tadbir emas. Uning doirasida kelgusi besh yilda 1 milliard tup daraxt ko‘chatini ekishni maqsad qilganmiz. Bu umummilliy harakatning natijasi har bir mahallada ko‘rinishi kerak, bu savobli ishni havas bilan qilish kerak», — dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ekologik muhitni yaxshilashni xohlagan har bir xonadon va tashkilotlarni har yili daraxt ekishga chaqirdi.
«Agar O‘zbekistonda ekologiyani yaxshilayman desa, har yili har bir xonadan ikkitadan daraxt eksin. Har bir tashkilot beshtadan daraxt eksin, qaysi tashkilot bo‘lishidan qat’i nazar. Oliygohmi, maktabmi, tibbiyotmi, katta-katta korxonalarmi. Mana shuni O‘zbekiston tajribasi qilsak, bahor boshlangancha. Xalqimiz qo‘llab-quvvatlaydi, albatta. Mana shuni qilsak, duoga qolamiz», — dedi davlat rahbari.
«Hammaning ham qo‘lidan iqtisod kelmaydi, hammaniyam qo‘lidan investitsiya olib kelish kelmaydi. Lekin ekologik vaziyatga, o‘zimizning tumanimiz, o‘zimizning mahallamizga e’tibor bersak bo‘ladi-ku. Oldin ko‘chatimiz ham yo‘q edi, hozir ko‘chatimiz ham bor», — deya davom ettirdi u.
Prezident, shuningdek, daraxtlarni parvarishlash, sug‘orish va zararkunandalardan himoya qilish tizimlarini ishlab chiqish hokimlarning vazifasi ekanini ta’kidladi.
Yig‘ilishda 1 martdan «Yashil yillik» umummilliy tadbiri boshlanishi e’lon qilindi. Har bir hududning iqlimiga mos, kam suv talab qiladigan ko‘chatlarni tanlab, ularni yetishtirish uchun ko‘chatxonalarni ko‘paytirish zarurligi qayd etildi. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga 10 mln dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini aholiga bepul tarqatish, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga xalqaro va respublika ahamiyatidagi yo‘llar chetida jami 1,5 mln tup daraxtdan iborat ixota daraxtzorlar barpo etish bo‘yicha topshiriq berildi.