yangiliklar

Jizzax viloyat Zarbdor tuman yo‘llardan  foydalanish unitar korxonasi tomonidan Zarbdor tumanida mahalla fuqarolik yig‘inida huquqiy  targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi.

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi «Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy  munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-198-son Farmonning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish yuzasidan  Zarbdor tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi yuristkonsulti U. Parmonov tomonidan » Tinchlik » MFY faollari bilan huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida, xususiy mulk huquqi daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha fuqarolik, jinoyat va ma’muriy  javobgarlik qonunchiligi hamda korporativ munosabatlardagi yangi tartiblar hamda yerdan ixtiyoriy voz kechish, shuningdek, yuridik shaxs  tugatilganda uning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarining o‘tishi bo‘yicha  keng ma’lumotlar berildi. Shuningdek suhbat davomida  ushbu farmon bo‘yicha aholi o‘zining qiziqtirgan savollariga javob olishdilar.

2 min read
yangiliklar

Jizzax tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi va Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimi ishtirokida Jizzax viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida huquqiy targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 8 yanvardagi “Mamuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.08.2022 yildagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz [more…]