Shahrimizda zamonaviy uslubda barpo etilgan na’munaviy avtobus bekati…

Bir qarashda ushbu bekatning nimasi zamonaviy oddiy bekatlar qatori bu ham bir bekatda dersiz, ammo bu mo’jazgina bekat «kutuvchi»larni yozda issiqdan, qishda sovuqdan saqlaydi. Bekat ichida kutish o’rindiqlari bilan birgalikda yo’lovchi-kutuvchilarni zeriktirmaslik uchun televizor o’rnatilgan, shuningdek konditsioner hamda har bir o’rindiq yonida elektr toki «rozetka»si ham mavjud. Bekatda kuzatuv kameralari o’rnatilgan va kelajakda internet tarmog’i ham o’rnatilishi ko’zda tutilgan. O’z o’rnida shuni ham ta’kidlagan bo’lardikki, ushbu bekat davlatning mulkidir! Bu bekat toki xalqimiz uchun xizmat qilar ekan, shahrimiz aholisidan birozgina madaniyatli va e’tiborli bo’lishlarini, tozalikka rioya qilishlarini so’rab qolardik!

Shuningdek

More From Author