2020-yil yakuni bilan jami avtomobil yo‘llari uzunligi 9 354,3 km (xalqaro ahamiyatdagi yo’llar 168,0 km, davlat ahamiyatidagi yo‘llar 1428,0 km, mahalliy ahamiyatdagi yo‘llar 1005,0 km, ichki xo‘jalik yo‘llar 6 753 km)ni, shundan ta’mirtalab yo‘llar uzunligi 5 641,1 km ni tashkil etgan.
O‘tgan besh yil mobaynida 3 407 kmdan ortiq avtomobil yo‘llari, jumladan umumiy foydalanishdagi 1 009 km avtomobil va 126 ta mahallalardagi (aholi soni 598 196 nafarni tashkil etadi) 2 398 km ichki xo‘jalik yo‘llari ta’mirlangan. Shuningdek, jami 106 km uzunligidagi sementobeton qoplamali yo‘llar qurilgan hamda 84 dona ko‘priklarni qayta qurish ishlari amalga oshirilgan. Ushbu yo‘l ishlariga jami 1 747,2 mlrd.so‘m (umufoydalanishdagi avtomobil yo‘llarida 728,1 mlrd.so‘m va ichki yo‘llarda 1 019,1 mlrd.so‘m) mablag‘lar sarflangan. Natijada, joriy yil yakuni bilan viloyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va ichki yo‘llarda ta’mirlanganlik darajasi 2020-yildagiga nisbatan 36,4 % ga oshirilgan.
Xususan,
Jizzax shahar markazidagi Sharof Rashidov shoh ko‘chasi uchun dastur asosida davlat byudjetidan 13,5 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilib, ko‘chaning eng sarqatnov 2,2 km qismi kengaytirilib, 2 ta piyodalar o‘tishi uchun yer osti yo‘li qurildi; Viloyatimiz hududidan o‘tgan M-39 avtomagistralidan Zomin tumanigacha bo‘lgan 55 km avtomobil yo‘li to‘liq ta’mirdan chiqarilib, kundan-kunga turizm salohiyati oshib borayotgan Zominga keluvchi mahalliy va xorijiy sayyohlarga qulaylik yaratildi hamda Forish tumanining “Garasha” MFY Qo‘rg‘on qishlog‘i aholisining Garashasoy ustidan ko‘prik qurib berish yuzasidan bir necha marta qilgan murojaatlariga asosan, davlat byudjetidan 4,8 mlrd.so‘m mablag‘ ajritilib, uzunligi 48 pagonometr bo‘lgan yangi ko‘prik qurildi hamda mazkur hududdagi 3 ming nafar aholi uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan muammo ijobiy hal etildi.
Shuningdek, kelgusi 2025-2029 yillar davomida 2 919,7 km umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va ichki yo‘llar ta’mirlash, shundan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida 1 573,2 km va ichki yo‘llarda 1 346,5 km yo‘llarni ta’mirlash, bundan tashqari jami 87,6 km uzunligidagi sementobeton qoplamali yo‘llar qurish hamda viloyatda jami 44 ta (umumiy foydalanishdagi 25 dona va ichki yo‘llarda 19 ta) ko‘priklarda ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Xususan,
Kelgusi yilda Jizzax shahri markazi bilan Sharof Rashidov tumani “Oqtosh ota” MFYda tashkil etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivini bog‘lovchi yangi yo‘nalishdagi 700 pm yo‘l o‘tkazgich qurilishini yakunlash;
Zafarobod tumani hududidan o‘tgan 4R32 Paxtakor-Jizzax-Chimqo‘rg‘on avtomobil yo‘lining 84-93 km oralig‘ida 9 km qismini mukammal ta’mirlashni yakunlash;
4R40 Dashtobod-Zomin-Baxmal-G‘allorol avtomobil yo‘lining 66-81 km oraliqlaridagi 15 km qismini (Zomin tumani Suffa tekisligigacha) rekonstruksiya ishlarini kelgusi yilda yakunlash;
Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan 4R40 Dashtobod-Zomin-Baxmal-G‘allorol avtomobil yo‘lining 24-182 km oralig‘idagi 158 km qismini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish hamda Jizzax shahri «Olmazor» MFY “Mustaqillik” ko‘chasida, “Zargarlik” MFY “Yoshlar shaharchasi” hududidan “O‘ratepalik” MFY “Navruz” istirohat bog‘iga o‘tuvchi Islom Karimov shox ko‘chasida hamda «Mirzo Ulug‘bek» MFY Markaziy dehqon bozori oldidagi «Alisher Navoiy» va «Hamid Olimjon» mahallasi «O‘zbekiston» ko‘chalari kesishmasida yer osti piyodalar yo‘laklarini qurish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Jizzax viloyat avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi boshlig’i
X.Raxmatov
+ There are no comments
Add yours