Baxmal tumani aholisi tomonidan ijtimoiy tarmoq kanaliga murojaat tarzida yo‘llangan masala o‘z yechimini topmoqda. Jumladan, Baxmal tumanidagi «Muzbuloq» MFY ning Boyqo‘ng‘ir va Muzbuloq qishloqlarini bog‘lovchi 4R40 avtomobil yo‘lining 115— 117-km qismlari oralig‘ida yo‘lning asosiy qismiga qum-shag‘al aralashmasi yotqizilib, zichlanib asfaltga tayyorlanmoqda. Eslatib o‘tish kerak, 4R40 “Dashtobod sh.—Zomin q.—Baxmal q.—G‘allaorol sh.” avtomobil yo‘lini 2027-yilga qadar loyihalash va to‘liq ta’mirlash nazarda tutilgan.
+ There are no comments
Add yours