Shu mavzuda Zomin tumani Mustaqillik MFY raisi O‘razboyev Shodiyor Ibragimovich va Yuristkonsult Eshbekov Umidjon Rahmatovich boshchiligida xuquqiy targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda ushbu mahalla faollari hamda tadbirkorlar ishtirok etishdi. Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.
Hozirgi davrda korrupsiya ko‘pgina davlatlarning iqtisodiy va siyosiy salohiyatiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatib bera oldi. Unga qarshi kurashish, muntazam ravishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan dolzarb vazifalardan biriga aylandi.
Shulardan kelib chiqib, 2017 yil 3 yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinib, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi yaratildi. Uning asosiy maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasida asosiy tushunchalar berilgan bo‘lib, unda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar to‘qnashuviga doir tushunchalarga ta’rif berilgan, ya’ni korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir.
Mazkur Qonun o‘z navbatida, fuqarolarga korrupsiya va korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning nima ekanligi va ularning salbiy illatlari haqida ma’lumot beradi.