Huquqiy ongni rivojlantirish davr talabi.

Estimated read time 1 min read

Shu mavzuda Sh.Rashidov tuman yullardan foydalanish unitar korxonasi Yuristkonsulti Niyazkulov Navruz boshchiligida huquqiy targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda korxona ma’sul xolimlari hamda tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarning mohiyatini anglash, ushbu jarayonda ishtirok etish fuqarolarning huquqiy madaniyati yuqori bo‘lishini taqozo etmoqda.
Jamiyatning har bir a’zosi o‘z huquq va burchlarini hamda mas’uliyatini puxta bilishi, buni hayotiy ehtiyoj sifatida anglamog‘i lozim. Fuqarolarimizning dunyoqarashi, tafakkuri mamlakat hayotiga, yangilanishlarga mos ravishda o‘zgarib borishi huquqiy madaniyat tushunchasi bilan chambarchas bog‘liqdir.

You May Also Like

More From Author