Jizzax tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi va Jizzax viloyat adliya boshqarmasi xodimi ishtirokida Jizzax viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasida huquqiy targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 8 yanvardagi “Mamuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.08.2022 yildagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–198-sonli Farmoni ma’zmun moxiyati yuzasidan Jizzax tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi va Jizzax viloyat adliya boshkkarmasi xodimi ishtirokida Jizzax viloyat avtomobil yo’llari bosh boshqarmasida huquqiy targ‘ibot yig’ilishi o‘tkazildi.

Huquqiy targ‘ibot yig‘ilishida Jizzax tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi M.Yuldashev O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 8 yanvardagi “Mamuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonunning maqsadi va asosiy vazifalari, Qonunning maqsadi ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, Qonunning qo‘llanilish sohasi, asosiy tushunchalar ya’ni manfaatdor shaxs, ma’muriy ish yuritish,ma’muriy ixtiyoriylik, ma’muriy organlar,ma’muriy tartib-taomil, ma’muriy harakatlar,ma’muriy hujjat, ma’muriy-huquqiy faoliyat, protsessual hujjat tushunchalari, ma’muriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari ya’ni qonuniylik; mutanosiblik; ishonchlilik; tinglanish imkoniyatining mavjudligi; ma’muriy tartib-taomillarning ochiqligi, shaffofligi va tushunarliligi va boshqa moxiyatlariga tushintirish berib o‘tdi. Xuquqiy targ‘ibot yuzasidan Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi Huquqiy xizmatlar bo‘limi boshlig‘i A.Shermatov va boshqarma huquqshunosi Y.Kamalovlar “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni bilan yerga bo‘lgan huquqlardan foydalanishda, yerga bo‘lgan huquqning vujudga kelishiga asos bo‘lgan hujjatlarni bekor qilish orqali yerga bo‘lgan huquqni tugatish, mazkur hujjatlar faqat sud tomonidan bekor qilinishi yoki haqiqiy emas deb topilishi mumkinligi, yerdan ixtiyoriy voz kechishni Hukumat yoki hokimlik qarorlari bilan rasmiylashtirish ya’ni ixtiyoriy voz kechish to‘g‘risida notarial tasdiqlangan ariza huquqni bekor qilish uchun asos bo‘lishligi, yuridik shaxs tugatilishi bilan uning yeriga bo‘lgan huquqlarini bekor qilish, yerni jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishda kompensatsiya sifatida davlatning boshqa ko‘chmas mulkini berish, bunda ko‘p kvartirali uylardagi turar joy berilishi mumkinligi, turar joyga bo‘lgan mulkiy huquqlarni amalga oshirishda: turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmaganlarni doimiy ro‘yxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish, sud tomonidan turar joyga nisbatan insofli egallovchi deb topilgan jismoniy shaxsdan ushbu turar joyni unga nisbatan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab 3 yil o‘tgach natura shaklida talab qilib olish to‘g‘risidagi talablar va cheklovlar 2022 yil 1 sentyabrdan bekor qilinganli haqida tushintirish berishdi.

Shuningdek

More From Author