Ayrim hududlarda alohida soliq rejimi kiritildi

Foto: Norma.uz

“O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Ayrim hududlarda soliq solishning alohida tartibini nazarda tutuvchi soliq rejimi kiritildi.

Alohida hududlar quyidagilardan iborat: 

  • Farg‘ona viloyatining So‘x tumani; 
  • Rishton tumanining Cho‘ng‘ara mahallasi; 
  • Farg‘ona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa – 2 ko‘chasi.

Ayrim hududlarda soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

  • foyda va daromad solig‘i bo‘yicha – 1 foiz;
  • tadbirkorlar uchun har chorakda 25 ming so‘m;
  • ijtimoiy soliq bo‘yicha:
  • yuridik shaxslar uchun – 1 foiz;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida 1 baravari;
  • aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha – 1 foiz (2021 yil 1 yanvardan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi).

Davlat organlari soliq solish obektlariga oid ma’lumotlarni soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etadi.

Shuningdek

More From Author

+ There are no comments

Add yours