Rasmiy munosabat

Estimated read time 1 min read

Jizzax telekanalida namoyish etilgan efirda (https://t.me/Jizzax24kanal/27552) Jizzax shahar «Sangzor» mahallasi aholisi tomonidan qilingan murojaatda mahalla hududidan oʼtuvchi O.Аzimov . koʼchasidagi (4R-38 «Uchtepa — Jizzax» avtomobil yoʼlining 27-28 km oraligʼi) «Qayrilib olish» qismi mavjudligi va bu aholiga birmuncha noqulayliklar keltirib chiqarayotganligi xabar qilingan. Jizzax viloyat avtomobil yoʼllari bosh boshqarmasi ushbu telemurojaat yuzasidan rasmiy munosabat bildiradi.Murojaat Jizzax viloyat IIB JXX YHXB maʼsul xodimlari ishtirokida oʼrganib chiqilganda ushbu avtomobil yoʼli oraligʼidagi 4R-36 «Jizzax-Forish» avtomobil yoʼli tutashmasiga burilish joyida, «Tik nishablik», «Tik balandlik» va «Xavfli burilishlar» mavjudligi, muntazam ravishda ushbu tutashmada transport vositalarining serqatnovligi hamda yuk avtomobillarining «Qayrilib olish» vaqtida doimiy ravishda yoʼl-transport hodisalari sodir boʼlganligi uchun,»Qayrilib olish joyi» boshqa joyga koʼchirilganligi maʼlum boʼldi.Jizzax viloyat avtomobil yoʼllari bosh boshqarmasi oldingi 4R-38 «Uchtepa-Jizzax» avtomobil yoʼlining 27-28 km oraligʼidan 4R-36 «Jizzax-Forish» yoʼliga » Qayrilib olish joyini» qayta tashkil etish xamda «Transport vositalari va piyodalar harakatini tartibga soluvchi svetofor»qurilmasini oʼrnatish taklifini Jizzax viloyat IIB JXX YHXB ga kiritganligini va bu taklif soxa mutaxassislari tomonidan oʼrganib chiqilyotganligini maʼlum qiladi.

You May Also Like

More From Author

+ There are no comments

Add yours