Rasmiy munosabat

Joriy yilning 27-fevralida Youtube ijtimoiy tarmog‘ining Uchqun Xoliqov kanalida e’lon qilingan “Amaldorlar prezidentga qarshimi?” qabilidagi murojaat yuzasidan Jizzax avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Bloger Uchqun Xoliqov tomonidan internet Youtube kanaliga chiqarilgan boshqarma tarkibidagi G‘allaorol TYFUK ishchilarining ish xaqlari mavzusida suhbat o‘tkazgan.
Har yili yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan Joriy ta’mirlash, Saqlash va Qishki qarov ishlariga 1-chorak uchun vaqtinchalik xarajatlar smetasi tasdiqlanadi, bunda har bir ishchi xodimning ish haqi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF 5723-sonli farmoniga asosan Vazirlar Maxkamasining 2019 yil 16-sentyabrdagi 775-sonli qarorining 1-ilovasida belgilab berilgan “Mehnatga haq to’lash yagona tarif setkasi bo’yicha belgilangan tartibda ajratilgan limit mablag‘lari asosida hisoblab ishlab chiqilgan.
Joriy ta’mirlash, Saqlash va Qishki qarov ishlari 2023 yil yanvar-mart oylari vaqtinchalik xarajatlar smetasiga asosan xisoblangan. Oylik ish haqlari hamda aprel-dekabri oylariga xisoblangan ish haqlari asosiy smetasi tasdiqlanishi bilan o‘z vaqtida to‘lab boriladi. Shuningdek ushbu masala to‘g‘risida bloger va xodimlar o‘rtasida atroflicha tushuntirish ishlari rahbarlar tomonidan olib borildi. Shundan so‘ng, bloger Uchqun Xoliqov tushuntirishlardan olgan hulosa va fikrlari bilan o‘z kanalida o‘rtoqlashgan. ( https://youtu.be/ouWrjKNSamk )

Shuningdek

More From Author