E’lon
Hurmatli Jizzaxliklar va shahrimiz mehmonlari!
Shahrimizning 4R38 “M39 avtoyo‘li(962 km)-Uchtepa-Jizzax sh-M39 avtoyo’li (1013 km)” 25.2-27.5 km oralig’i O’zbekiston ko’chasi (“Stansiya”dan “gorod”ga chiqish) avtomobil yo‘lida to’la ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli 2023-yilning 27-fevral kunidan ushbu yo‘ldan harakatlanish vaqtinchalik cheklanadi.
Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz va yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

