Rasmiy munosabat

Estimated read time 1 min read

Joriy yilning 7-martida telegram ijtimoiy tarmog’ining “JIZZAX_XAYDOVCHILARI (https://t.me/Jizzax_Haydovchilari)”   kanalida e’lon qilingan (https://t.me/Jizzax_Haydovchilari/13904) murojaat  yuzasidan Jizzax avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Ushbu foto-murojaatda qayd etilgan Sh.Rashidov tumani Navro`zbuloq MFY hududlarini bog‘lovchi ta’mirtalab yo‘l umumiy foydalanishdagi davlat ahamiyatidagi 4R36 “Jizzax sh.–Yangiqishloq q.-Qizilcha q-Qizilqum xalqa yo`li” avtomobil yo‘lining 0-5 km qismlariga to‘g‘ri kelib, Sh.Rashidov TYFUK tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
Avtomobil yo‘li ta’mirlashlararo muddati o‘tib bo‘lganligi, vazni me’yoridan ortiqcha, ya’ni o‘qqa tushadigan og‘irligi 13 tonnadan yuqori bo‘lgan og‘ir transport vositalarining muntazam qatnovi natijasida yo‘l asosi cho‘kib, yo‘l qoplamasida buzilishlar yuzaga kelgan.
Avtomobil yo‘lining ushbu ta’mirtalab qismlarida 2023 yilga limit mablag‘lari ajratilgandan so‘ng, ta’mirlash ishlari amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

You May Also Like

More From Author