Rasmiy munosabat

Estimated read time 1 min read

Joriy yilning 11-fevralida Telegram ijtimoiy tarmog’ining JIZZAX_XAYDOVCHILARI (https://t.me/Jizzax_Haydovchilari) kanalida e’lon qilingan murojaat (https://t.me/Jizzax_Haydovchilari/13441) yuzasidan Jizzax avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 29 apreldagi 9-sonli yig‘ilish bayonining 3-ilovasiga asosan 2022 yilda viloyat hududidan o‘tuvchi to‘la ta’mirlash ishlari dasturiga kiritilgan 2021 yildan 2022 yilga o‘tuvchi 7 km. uzunlikdagi yo‘l qismlarida to‘la ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 8.6 mlrd so’m limit mablag‘lari ajratilgan.
“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK buyurtmachiligida 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida umumiy foydalanishdagi mahalliy ahamiyatidagi 4K253a «Jizzax sh.-4R-37 yo’lidan shaxobcha yo’l» Islom Karimov shox ko’chasi avtomobil yo‘lining 0-7km. qismlarida pudratchi Jizzax KFUK tomonidan 8.6 mlrd so’mlik to‘la ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, 6 km.uzunlikdagi avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi. Ushbu obyekt yildan yilga o’tuvchi bo’lganligi sababli qolgan (murojaatda ko’rsatilgan I.Karimov ko’chasidan Toshkent ko’chasiga ulanuvchi qismi) 1 km qismi 4K253a «Islom Karimov shox ko‘chasiga» shaxobcha avtomobil yo‘lidan M39 «Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘liga» ulanuvchi yangi yo‘nalishdagi umumiy foydalanishdagi 4 km avtomobil yo‘li va 700 pm uzunlikdagi yo‘l o‘tkazgich qurish ishlari bilan birgalikda bajariladi.

You May Also Like

More From Author