Rasmiy munosabat

Estimated read time 1 min read

Joriy yilning 11-fevralida Telegram ijtimoiy tarmog’ining JIZZAXLIKLAR?? (https://t.me/Jizzax) kanalida e’lon qilingan murojaat (https://t.me/Jizzax/109941) yuzasidan Jizzax avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Murojaatda ko’zda tutilgan yo’l umumiy foydalanishdagi mahalliy ahamiyatidagi 4K253a “Jizzax sh.-4R-37 yo’lidan shaxobcha yo’l ” Islom Karimov shox ko’chasi” avtomobil yo‘li bo’lib, yo’lning chorraha qismlari kovlab tashlanganligi aytib o’tilgan. O’rganishlar natijasida ma’lum bo’ldiki, Jizzax shahar hududidan o’tuvchi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarida joylashgan chorrahalarga “Foto va Video” qayd etish texnik vositalarini o’rnatish ishlari bajarish maqsadida “ВОСТОЧНАЯ ВОРОТА” MCHJ tomonidan kovlangan. Boshqarma xodimlari tomonidan “ВОСТОЧНАЯ ВОРОТА” MCHJ tegishli tartibda ogohlantirilgan bo’lib, qisqa fursatda barcha kamchiliklarni bartaraf etish tog’risida ko’rsatmalar berilgan.

Lekin shunga qaramasdan, MChJ texnik shartda ko’rsatilgan shartlarni o’z vaqtida bajarmay kelayotganligi sababli Jizzax avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tegishli yuqori davlat organlariga murojaat qilgan. Hozirgi paytda Prokuratura xodimlari tomonidan murojaat o’rganib chiqilmoqda.

You May Also Like

More From Author