Rasmiy munosabat

Estimated read time 2 min read

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda (https://t.me/Jizzax_Haydovchilari/12605) , (https://www.facebook.com/groups/jizzax/posts/6036220949735469/)  keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo’layotgan 4R37 Jizzax sh-Chimqo‘rg‘on q avtomobil yo’li to’g’risida tarqalgan murojaat yuzasidan Jizzax viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29-yanvardagi PF60-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 13-oktabrdagi 03/14-01-11/113-sonli xati ijrosi bo‘yicha Jizzax viloyatida 2023 yil maqsadli parametrlarni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib, viloyatda xalq uchun qulayliklar, sharoitlar, imkoniyatlar va yangiliklar yaratish maqsadida aholining norozilikliklariga sabab bo‘layotgan yo‘l sohasi bo’yicha yechimi talab etilayotgan mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha berilgan topshriqlarining ijrosini ta’minlash maqsadida «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqilib, Viloyat hokimligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan.

Ushbu tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»da umumiy foydalanishdagi davlat ahamiyatidagi 4R37 «Jizzax sh-Chimqo‘rg‘on q -4R36 avtoyo‘li» avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tuvchi 2-14 km. qismlari va Zafarabod tumani hududidan o‘tuvchi 14-46 km. qismlari jami 44 km. uzunlikdagi avtomobil yo‘li 2023 yilgi Davlat dasturlari doirasida rekonstruksiya qilinadi.

Jizzax avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati

You May Also Like

More From Author