Mevalarni iste’mol qilayotganingizda urug‘larini tashlab yubormang, paketga soling va mashinangizga joylab qo‘ying.

Estimated read time 1 min read

Yo‘lingiz tushib, shahar chetiga chiqqanda dala joylardan o‘tayotganda, to‘xtab, ularni daraxtlar bo‘lmagan joylarga sepib keting. Uning o‘sib daraxt bo‘lib ketishiga g‘am yeguvchi Zot Alloh bor va qolaversa buni tabiatga qo‘yib bering.

Tailand va Malayziya kabi Osiyo mamlakatlarida bu usul bilan ular yillar davomida shug‘ullanib kelmoqdalar va natijasi — mevalar hamma joyda bemalol.

Shunday ekan, keling, urug‘larni Yerga tashlaylik, axlat qutisiga emas!

Tabiatni o‘ylab, Muhtaram Prezidentimiz boshlab bergan «Yashil makon» umum milliy loyihasiga ozgina bo‘lsada o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz. Kelgusida urug‘lardan chiqqan ko‘chat daraxtlarda yetilgan mevalarni shu tanti xalqimiz, farzandu- nabiralarimiz yeyishini o‘ylaylik.

«Jizzaxyo‘lko‘kalam» DUK

direktori Sh.Kamalov.

You May Also Like

More From Author