Rasmiy munosabat

Estimated read time 2 min read

Joriy yilning 18-fevralida Telegram ijtimoiy tarmog’ining Bastion kanalida e’lon qilingan foto-murojaat (https://t.me/bastiongr/4674) yuzasidan Jizzax avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Sh.Rashidov tumani Toqchilik MFY va Uch Tepa dahasini bog‘lovchi avtomobil yo‘lining ta’mirtalab holati haqidagi foto-murojaatni o‘rganib chiqib, quyidagilar ma’lum qiladi.
Ushbu foto-murojaatda qayd etilgan Sh.Rashidov tumani Toqchilik MFY va Uch Tepa MFY xududlarini bog‘lovchi ta’mirtalab yo‘l umumiy foydalanishdagi mahalliy ahamiyatidagi 4K230 “Jizzax sh.–Uchtepa q.” avtomobil yo‘lining 10-12 km qismlariga to‘g‘ri kelib, Sh.Rashidov TYFUK tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
Avtomobil yo‘li ta’mirlashlararo muddati o‘tib bo‘lganligi, vazni me’yoridan ortiqcha, ya’ni o‘qqa tushadigan og‘irligi 13 tonnadan yuqori bo‘lgan og‘ir transport vositalarining muntazam qatnovi natijasida yo‘l asosi cho‘kib, yo‘l qoplamasida buzilishlar yuzaga kelgan.
Ravalliq MFY va Toqchilik MFY hududlaridan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatidagi 4K230 “Jizzax sh.–Uchtepa q.” avtomobil yo‘lining 9-14 km. qismlarini ta’mirlash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Xavfsizlik Kengashining 2022 yil 10 oktabrdagi topshirig‘i asosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»ga kiritilgan.
Avtomobil yo‘lining ushbu ta’mirtalab qismlarida 2023 yilga limit mablag‘lari ajratilgandan so‘ng, ta’mirlash ishlari amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

You May Also Like

More From Author