Mirzacho‘l TYFUK yurist konsulti Erkaboyev Shavkat Muhammedovich tomonidan tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari T.Latipov ishtirokida tumandagi Nuroniylar maskanida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatiga 14 nafar nuroniy oqsoqollar qatnashdilar. Yig‘ilish qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonun va yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksining mazmun mohiyati haqida qisqacha tushintirishlar berildi. Yig‘ilish qatnashchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berishib ijobiy javoblarini olishdilar. Shuningdek korxonaning idoraviy xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksining mazmun mohiyati haqida huquqiy tushintirishlar berib o‘tildi.