Rasmiy munosabat

Joriy yilning 13-fevralida Telegram ijtimoiy tarmog’ining @SizdanTelegram© | Yangi O’zbekiston (https://t.me/sizdantelegram) kanalida e’lon qilingan murojaat (https://t.me/sizdantelegram/41908) 4R37 «Jizzax -Chimqo’rg’on» va 4R32 «Yangiyer-Paxtakor-Jizzax-Chimqo’rg’on» avtomobil yo’llari (https://www.facebook.com/groups/jizzax/posts/6288181471206081/) yuzasidan Jizzax avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Davlat ahamiyatidagi bo‘lgan umumfoydalanuvdagi 4R-37 «Jizzax sh.-Chimqo‘rg‘on q.-4R-36» avtomobil yo‘li 14-40 km oralig‘i ya’ni 26 km, 4R-32 «Yangiyer sh.-Paxtakor sh.-Jizzax-Chimqo‘rg‘on» avtoyo‘li. 79-93 km uzunligi 14 km ega. Ushbu avtomobil yo‘llari 1976 yillarda (Sobiq Ittifoq davrida) qurilgan bo‘lib, o‘sha davrda 8 tonnagacha Yuk tashish avtomobillarga mo‘ljallangan.
4R-37 «Jizzax sh.-Chimqo‘rg‘on q.-4R-36» avtomobil yo‘li 18-40 km oralig‘ida ya’ni 22 km qismi, 4R-32 «Yangiyer sh.-Paxtakor sh.-Jizzax-Chimqo‘rg‘on» avtoyo‘li. 82-93 km uzunligi 11 km qismi bugungi kunda yaroqsiz holga kelgan.
Yuqoridagi ko‘rsatilgan yo‘llarning bu holatga kelishiga asosiy sabab; “Xuaksin sement Jizzax” MCHJ, “Jizzax Sement Plant” MCHJ va 8 ta karerlardan chiqarilayotgan mahsulotlarni hududlarga tarqatuvchi 40-150 tonnalik transport vositalarining uzluksiz harakatlanishi natijasida hamda anomal sovuq, qishki qor va yomg‘irlar tasirida yo‘l asosi muzlashi natijasida ko‘pchish (pucheniya) holati yuzaga kelmoqda. Bu esa o‘z o‘rnida yo‘llarni yaroqsiz holatga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29-yanvardagi PF60-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 13-oktabrdagi 03/14-01-11/113-sonli xati ijrosi bo‘yicha Jizzax viloyatida 2023 yil maqsadli parametrlarni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib, viloyatda xalq uchun qulayliklar, sharoitlar, imkoniyatlar va yangiliklar yaratish maqsadida aholining norozilikliklariga sabab bo‘layotgan yo‘l sohasi bo’yicha yechimi talab etilayotgan mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha berilgan topshriqlarining ijrosini ta’minlash maqsadida «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqilib, Viloyat hokimligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan.

Ushbu tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»da umumiy foydalanishdagi davlat ahamiyatidagi 4R37 «Jizzax sh-Chimqo‘rg‘on q -4R36 avtoyo‘li» avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tuvchi 2-14 km. qismlari va Zafarabod tumani hududidan o‘tuvchi 14-46 km. qismlari jami 44 km. uzunlikdagi avtomobil yo‘li 2023 yilgi Davlat dasturlari doirasida rekonstruksiya qilinadi.

Shuningdek

More From Author