Estimated read time 2 min read

Jizzax viloyati avtomobil yo‘llari boshqarmasi Sizga “JIZZAX XAYDOVCHILARI” (https://t.me/Jizzax_Haydovchilari) telegram kanalida joriy yilning 16-fevralida Jizzax shahri Kuyovboshi MFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining ta’mirtalab holati haqidagi foto-murojaatni (https://t.me/Jizzax_Haydovchilari/13672) o‘rganib chiqib, quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ushbu foto-murojaatda qayd etilgan Jizzax shahri Kuyovboshi MFY hududidagi ta’mirtalab yo‘l umumiy foydalanishdagi davlat ahamiyatidagi 4R36 “M39 avtoyo‘li (1013km)- “Jizzax sh.-Yangikishloq q.-Qizilcha q.-Qizilqum xalqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 7,2 km. qismlarga to‘g‘ri kelib, Sharof Rashidov TYFUK tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
Sharof Rashidov TYFUK tomonidan 13-fevral kuni ushbu yo’lda hosil bo’lgan chuqurchalarni qum-shag’al aralashmasi bilan harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida vaqtinchalik bartaraf etish choralari ko’rila boshlangan edi, ammo shahrimizda kuzatilayotgan yog’ingarchilik tufayli bu ishlar nihoyasiga yetmay qolgan. Yomg’irlar to’xtashi bilan bajarilmay qolgan ishlar albatta oxiriga yetkaziladi.

Shuningdek, avtomobil yo‘li ta’mirlashlararo muddati o‘tib bo‘lganligi, yillar davomida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini tranport-ekspluatatsion holatini saqlab turish maqsadida bajariladigan joriy ta’mirlash va saqlash ishlari uchun ajratilayotgan limit mablag‘lari yetarli emasligi, shuningdek, vazni me’yoridan ortiqcha, ya’ni o‘qqa tushadigan og‘irligi 13 tonnadan yuqori bo‘lgan og‘ir transport vositalarining muntazam qatnovi natijasida yo‘l asosi cho‘kib, yo‘l qoplamasida buzilishlar yuzaga kelgan.
Korxona tomonidan 2022 yilda joriy ta’mirlash ishlari uchun ajratilgan 520,0 mln.sum limit mablag‘lari xisobidan avtomobil yo‘lida transportlar harakati xavfsizligi ta’minlash maqsadida yo‘l qoplamasida hosil bo‘lgan 2668 m2 chuqurchalar joriy ta’mirlanib, 218,0 mln. so’mlik ajratilgan limitdan ortiq joriy ta’mirlash ishlari bajarilgan.
Joriy yilda qish mavsumida ob-xavo haroratning keskin tushib ketishi, anomal sovuq natijasida yer osti suvlariga yaqin joylashgan qismlari muzlab, muzlar erishi natijasida yo‘l asosida cho‘kish va sharsimon chuqurlar, yo‘l qoplamasida ko‘plab to‘rsimon yoriqlar paydo bo‘lgan. Asfaltobeton qoplamada yo‘l asosi muzlashi natijasida bog‘lamlar uzilib, botiq va o‘yiq chuqurlar yuzaga kelgan. Tinimsiz kuzatilayotgan yog’ingarchiliklar asfalt qoplamasini yemirilishiga olib kelmoqda.

Avtomobil yo‘lining ushbu ta’mirtalab qismlarida 2023 yilga joriy ta’mirlash ishlari uchun limit mablag‘lari ajratilgandan so‘ng, ta’mirlash ishlari amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

You May Also Like

More From Author