Barcha yo‘l harakati qatnashchilari diqqatiga!

Estimated read time 1 min read

#Diqqat yo‘llarda yaxmalak⚠️❄️

Jizzax viloyati avtoyo‘l xodimlari tomonidan, viloyatimizning barcha tumanlarida qor yog‘ishi natijasida yo‘llarda paydo bo‘lgan muzlamalarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Barcha avtomobil yo‘llarida qor yog‘ib, havo harorati keskin sovuganligi oqibatida ayni vaqtda yaxmalaklar yuzaga kelgan. Shu sababli harakat qatnashchilaridan:

haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilib, oraliq masofani saqlagan holda shaharlar markazlarida, ayniqsa dovon yo‘llarida yetarlicha past tezlikda harakatlanib, yanada ehtiyotkor bo‘lib harakatlanishlarini;

piyodalarga e’tiborli bo‘lishlarini,

piyodalardan esa yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmasliklarini so‘rab qolamiz

O‘zingiz va o‘zgalar hayotiga befarq bo‘lmang!

You May Also Like

More From Author