Xotira qalblarda mangu yashaydi

Estimated read time 1 min read

Xotira qalblarda mangu yashaydi…..

9 may – Xotira va qadrlash kuni

Ona xalqimizning shonli jasorati, mardligi, fidoiyligi, vatanparvarligi kabi ezgu fazilatlarini o’zida aks etgan, inson sha’ni, qadr-qimmati nechog‘li ulug‘vor ekanligini chuqur his etish imkonini beruvchi Xotira va qadrlash kuni barchaga muborak bo‘lsin!
Ushbu kun munosabati bilan viloyatimiz hokimi Ergash Saliyev boshchiligida barcha davlat organlari rahbarlari va mutassaddi xodimlari xotira bog’ida «Motamsaro ona» haykali poyiga gulchambarlar qo’yib hurmat bajo etishdi. Shu jumladan avtoyo’l xodimlari ham ushbu tadbirda ishtirok etishdi.
Qudratli xalqimizning qahramonlari yodi abadiydir. Yurt taraqqiyoti yo‘lida fido bo‘lganlarning qadri hamisha baland bo‘lguvchi zaminda tinchlik va osoyishtalik albatta bardavom bo‘lgusidir.

JIzzax viloyati avtomobil yo’llar bosh boshqarmasi jamoasi uchun inson aziz, xotirasi muqaddasdir!

You May Also Like

More From Author