Rasmiy munosabat

Estimated read time 1 min read

Joriy yilning 6-fevralida Telegram ijtimoiy tarmog’ining JIZZAX_XAYDOVCHILARI (https://t.me/Jizzax_Haydovchilari) kanalida e’lon qilingan murojaat (https://t.me/Jizzax_Haydovchilari/13381) yuzasidan Jizzax avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Jizzax shahar A.Navoiy ko’chasidagi yo’l O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 5 avgustdagi 169-sonli qarorida ko‘rsatilgan «Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxati»ga kiritilmagan.
O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 2 oktabrdagi «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi qonunning 3-bob, 10 va 11-moddalariga asosan tasnifiga ko‘ra ushbu yo‘llar shahar va ichki xo‘jalik avtomobil yo‘llari hisoblanib, Jizzax shahar hokimligi, Shahar obodonlashtirish boshqarmasi hisobida turadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5890-sonli farmonining 6-bandiga asosan ushbu shahar va ichki xo‘jalik yo‘llari hududiy tuman, shahar hokimligi va Obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan shakllantiriladigan “Manzilli dastur” asosida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

You May Also Like

More From Author