Shahrimizning «Bog‘ishamol» mahallasi hududida «Sangzor» daryosidan kesib o‘tuvchi ko‘prikni ta’mirlash ishlari olib borilayotganini bundan bir oycha oldin xabar qilgan edik, ayni kunlarda ta’mirlash ishlari yakuniga yetmoqda. 4R-35 «Jizzax sh-(4R38 avtoyo‘li)-Paxtakor sh-Do‘stlik sh- Gagarin sh-M39 avtoyo‘li(918km) » avtomobil yo‘lining 0.164 kmdagi 50.28 m uzunlikda ko‘prik qurilishi olib borildi. Ko’prikni ochilishi 1-aprelga qadar rejalashtirilgan. Hozirda tayyorgarlik ishlari ko’rilmoqda.
