Youtube ijtimoiy tarmogʼi orqali “Jizzax viloyati Doʼstlik tumani Mevazor mfy yoʼli yoʼlsozlaru bu yoʼl egasi bormi Istimolchilar qaerda” nomli videomaterialda bloger Zoxid Jumaev Doʼstlik tumani Mevazor MFY yoʼllari taʼmirtalab holatda ekanligi, tegishli tashkilotlar masalaga eʼtibor qaratishlari zarurligi haqida gapirgan. ( https://www.youtube.com/watch?v=a8lqMRAGoMY)
Jizzax viloyat avtomobilь yoʼllari bosh boshqarmasi matbuot xizmati ushbu videomurojaat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib quyidagilarni maʼlum qiladi.
Doʼstlik tuman yoʼllardap foydalanish unitar korxonasi 4R198 «Doʼstlik sh-Yu Fuchik k.-Zafarobod k.-Gagarin sh” avtomobilь yoʼliga joriy taʼmirlash uchun 2022 yil 5 oyga 200500,0 (ikki yuz million besh yuz ming) soʼm mablag ajratilgan boʼlib bugungi kunga qadar 200500,0 ming soʼm mablagga joriy taʼmirlash ishlarini bajargan.
Ushbu avtomobilь yoʼlining xozirda 01 km.dan 7 km. gacha boʼlgan hudud Doʼstlik TYFUK tasarrufida boʼlib, avtomobil yoʼlining qatnov qismida asfaltobetonning siljishi natijasida toʼlqinsimon doʼngliklar (volna) va mayda chuqurchalar paydo boʼlgan. Hozirda 4 km – 6 km oraligʼidagi toʼlqinsimon siljishlar va mayda chuqurchalar maxsus mashinalar (freza) bilan qirqib olinib asfaltobeton bilan taʼmirlanmoqda.
Jizzax viloyat
Аvtomobil Yoʼllari
Bosh Boshqarmasi
Matbuot xizmati