[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]

[TSZ:

1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

“Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni moliyalashtirishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Fuqarolarni budjet jarayoniga jalb qilish mexanizmining ishga tushirilishi joylarda aholini qiynab kelayotgan muammolarning yechimini topish va jamoatchilikni budjet jarayonining ishtirokchisiga aylantirishda alohida vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

2021-yilda o‘tkazilgan tashabbusli budjetlashtirish jarayonida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarda bayon etilgan o‘rinli va dolzarb muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, davlat budjetini shakllantirish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga aholini faol jalb etish maqsadida:

1. Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan 1-ilovaga muvofiq 2021-yil 1-oktabrga qadar:

Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasida (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) 1 mlrd so‘mdan kam mablag‘ shakllangan tuman va shaharlar uchun qo‘shimcha 57,9 mlrd so‘m;

“Ochiq budjet” axborot portali orqali kelib tushgan takliflar soni 100 tadan ortiq bo‘lgan tuman va shaharlarga qo‘shimcha 59,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.

2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan boshlab tuman va shaharlar budjetlari parametrlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratiladigan mablag‘larning 50 foizi “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yo‘llarni ta’mirlashga yo‘naltiriladi.

Moliya vazirligi ikki oy muddatda hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratiladigan mablag‘larning 50 foizini “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yo‘llarni ta’mirlashga yo‘naltirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

3. Belgilansinki:

tuman va shahar hokimlari Jamg‘armaga mablag‘larning o‘z vaqtida o‘tkazilishi hamda Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi bo‘yicha shaxsan javobgar hisoblanadi;

tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan har chorakda chorakdan keyingi oyning 25-sanasiga qadar jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha ma’lumotlar o‘zlarining rasmiy veb-saytlari va “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirib boriladi;

mazkur bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan qoidani buzish budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish deb baholanadi.

4. Moliya vazirligi:

uch oy muddatda “Ochiq budjet” axborot portali hamda tuman va shaharlar hokimliklarining rasmiy veb-saytlarda tashabbusli budjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni joylashtirib borish tartibi va shakllarini tasdiqlasin;

xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda tashabbusli budjetlashtirish jarayonida hududlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning tahlillari asosida ushbu jarayonni takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritib borsin;

fuqarolarning tashabbusli budjetlashtirish jarayoniga jalb etilishi darajasi bo‘yicha hududlar reytingini joriy etsin hamda uni “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirib borsin;

tashabbusli budjetlashtirish jarayonini boshqarishda moliya organlarining vazifalarini aniq belgilagan holda mazkur jarayonni muvofiqlashtirib borsin.

5. Tashabbusli budjetlashtirish jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

6. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Yoshlar ishlari agentligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda:

tashabbusli budjetlashtirish jarayonini amalga oshirish mexanizmi va uning mohiyatini aholi o‘rtasida tizimli ravishda keng yoritib borilishini ta’minlasin;

har bir mahalla va ovulda “Ochiq budjet” axborot portalida taklif qoldirish va ovoz berish jarayoniga ko‘maklashuvchi “mobil” guruhlar hamda “tashabbuskorlar burchagi” ni tashkil etsin;

7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T. A. Ishmetov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2021-yil 22-sentabr,

PQ-5250-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabrdagi PQ-5250-son qaroriga
1-ILOVA

Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasida 1 mlrd so‘mdan kam mablag‘ shakllangan hamda kelib tushgan takliflar soni 100 tadan ortiq bo‘lgan tuman va shaharlarga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan qo‘shimcha ravishda ajratilayotgan mablag‘lar

MIQDORI

mln. so‘m

T/r

Hudud nomi

Ajratiladigan qo‘shimcha mablag‘ miqdori

shundan:

1 milliard so‘mdan kam mablag‘ shakllangan tuman va shaharlarga

kelib tushgan takliflar soni 100 tadan ortiq bo‘lgan tuman va shaharlarga

Jami

117 416

57 916

59 500

shu jumladan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha jami

13 003

5 003

8 000

1.

Nukus shahri

500

500

2.

Taxiatosh tumani

500

500

3.

Beruniy tumani

500

500

4.

To‘rtko‘l tumani

500

500

5.

Qo‘ng‘irot tumani

507

7

500

6.

Mo‘ynoq tumani

578

78

500

7.

Ellikqal’a tumani

654

154

500

8.

Xo‘jayli tumani

728

228

500

9.

Nukus tumani

734

234

500

10.

Amudaryo tumani

750

250

500

11.

Chimboy tumani

983

483

500

12.

Qonliko‘l tumani

1 022

522

500

13.

Qorao‘zak tumani

1 065

565

500

14.

Shumanay tumani

1 197

697

500

15.

Taxtako‘pir tumani

1 350

850

500

16.

Bo‘zatov tumani

1 435

935

500

Andijon viloyati bo‘yicha jami

17 521

12 021

5 500

17.

Qo‘rg‘ontepa tuman

1 216

716

500

18.

Marhamat tumani

1 233

733

500

19.

Shahrixon tumani

1 240

740

500

20.

Andijon shahri

1 250

750

500

21.

Ulug‘nor tumani

1 252

752

500

22.

Baliqchi tumani

1 269

769

500

23.

Andijon tumani

771

771

24.

Izboskan tumani

1 280

780

500

25.

Xo‘jaobod tumani

802

802

26.

Bo‘z tumani

1 341

841

500

27.

Buloqboshi tumani

1 346

846

500

28.

Paxtaobod tumani

1 365

865

500

29.

Oltinko‘l tumani

1 368

868

500

30.

Jalaquduq tumani

889

889

31.

Xonobod shahri

899

899

Buxoro viloyati bo‘yicha jami

11 747

5 747

6 000

32.

Buxoro shahri

500

500

33.

Shofirkon tumani

579

79

500

34.

Jondor tumani

838

338

500

35.

Buxoro tumani

843

343

500

36.

Romitan tumani

909

409

500

37.

Vobkent tumani

883

383

500

38.

Peshku tumani

962

462

500

39.

Kogon tumani

1 111

611

500

40.

Olot tumani

1 261

761

500

41.

Kogon shahri

1 251

751

500

42.

Qorako‘l tumani

1 304

804

500

43.

Qorovulbozor tumani

1 306

806

500

Jizzax viloyati bo‘yicha jami

10 249

5 249

5 000

44.

Jizzax shahri

500

500

45.

Paxtakor tumani

833

333

500

46.

Zarbdor tumani

862

362

500

47.

G‘allaorol tumani

1 015

515

500

48.

Baxmal tumani

1 018

518

500

49.

Arnasoy tumani

1 074

574

500

50.

Forish tumani

470

470

51.

Mirzacho‘l tumani

1 134

634

500

52.

Sharof Rashidov tumani

1 039

539

500

53.

Zomin tumani

1 101

601

500

54.

Yangiobod tumani

1 203

703

500

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha jami

2 625

125

2 500

55.

Shahrisabz tumani

500

500

56.

Mirishkor tumani

500

500

57.

Dehqonobod tumani

625

125

500

58.

Nishon tumani

500

500

59.

Muborak tumani

500

500

Navoiy viloyati bo‘yicha jami

8 617

5 117

3 500

60.

Karmana tumani

571

71

500

61.

Qiziltepa tumani

1 137

637

500

62.

Konimex tumani

676

676

63.

Navoiy shahri

508

8

500

64.

G‘ozg‘on tumani

803

803

65.

Uchquduq tumani

688

188

500

66.

Zarafshon shahri

1 031

531

500

67.

Tomdi tumani

671

671

68.

Navbahor tumani

1 213

713

500

69.

Nurota tumani

1 319

819

500

Namangan viloyati bo‘yicha jami

7 183

2 183

5 000

70.

Pop tumani

500

500

71.

To‘raqo‘rg‘on tumani

500

500

72.

Mingbuloq tumani

500

500

73.

Uchqo‘rg‘on tumani

500

500

74.

Kosonsoy tumani

631

131

500

75.

Namangan tumani

655

155

500

76.

Yangiqo‘rg‘on tumani

837

337

500

77.

Norin tumani

925

425

500

78.

Uychi tumani

973

473

500

79.

Chortoq tumani

1 162

662

500

Samarqand viloyati bo‘yicha jami

5 430

2 430

3 000

80.

Samarqand tumani

500

500

81.

Urgut tumani

500

500

82.

Kattaqo‘rg‘on shahri

500

500

83.

Paxtachi tumani

206

206

84.

Toyloq tumani

500

500

85.

Jomboy tumani

611

111

500

86.

Qo‘shrabod tumani

119

119

87.

Pastdarg‘om tumani

599

599

88.

Payariq tumani

545

545

89.

Ishtixon tumani

1 350

850

500

Surxondaryo viloyati bo‘yicha jami

5 419

4 419

1 000

90.

Denov tumani

165

165

91.

Boysun tumani

80

80

92.

Sariosiyo tumani

457

457

93.

Jarqo‘rg‘on tumani

290

290

94.

Termiz shahri

500

500

95.

Muzrabod tumani

546

546

96.

Bandixon tumani

608

608

97.

Qiziriq tumani

601

601

98.

Qumqo‘rg‘on tumani

698

698

99.

Uzun tumani

1 205

705

500

100.

Sho‘rchi tumani

269

269

Sirdaryo viloyati bo‘yicha jami

8 518

5 518

3 000

101.

Sardoba tumani

500

500

102.

Sirdaryo tumani

944

444

500

103.

Guliston shahri

150

150

104.

Guliston tumani

763

763

105.

Boyovut tumani

1 198

698

500

106.

Sayxunobod tumani

1 087

587

500

107.

Mirzaobod tumani

1 100

600

500

108.

Shirin shahri

1 420

920

500

109.

Yangiyer shahri

806

806

110.

Oqoltin tumani

550

550

Toshkent viloyati bo‘yicha jami

5 221

1 221

4 000

111.

Toshkent tumani

500

500

112.

Angren shahri

500

500

113.

Chirchiq shahri

500

500

114.

Olmaliq shahri

550

50

500

115.

Parkent tumani

83

83

116.

Bekobod shahri

149

149

117.

Yangiyo‘l shahri

176

176

118.

Ohangaron tumani

500

500

119.

Ohangaron shahri

770

270

500

120.

Chinoz tumani

814

314

500

121.

Yuqorichirchiq tumani

500

500

122.

Piskent tumani

123

123

123.

Yangiyo‘l tumani

56

56

Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami

13 943

6 943

7 000

124.

Yozyovon tumani

500

500

125.

O‘zbekiston tumani

500

500

126.

Toshloq tumani

500

500

127.

Qo‘qon shahri

500

500

128.

Quva tumani

619

119

500

129.

Marg‘ilon shahri

667

167

500

130.

Quvasoy shahri

809

309

500

131.

Farg‘ona tumani

832

332

500

132.

Rishton tumani

856

356

500

133.

Uchko‘prik tumani

371

371

134.

Oltiariq tumani

392

392

135.

Qo‘shtepa tumani

988

488

500

136.

Buvayda tumani

548

548

137.

Furqat tumani

1 079

579

500

138.

Dang‘ara tumani

647

647

139.

So‘x tumani

1 316

816

500

140.

Beshariq tumani

1 368

868

500

141.

Bag‘dod tumani

1 451

951

500

Xorazm viloyati bo‘yicha jami

7 940

1 940

6 000

142.

Urganch tumani

500

500

143.

Tuproqqal’a tumani

531

31

500

144.

Xiva shahri

609

109

500

145.

Shovot tumani

500

500

146.

Xiva tumani

645

145

500

147.

Gurlan tumani

567

67

500

148.

Hazorasp tumani

500

500

149.

Bog‘ot tumani

642

142

500

150.

Qo‘shko‘pir tumani

500

500

151.

Yangiariq tumani

614

114

500

152.

Urganch shahri

1 007

507

500

153.

Yangibozor tumani

1 325

825

500

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabrdagi PQ-5250-son qaroriga
2-ILOVA

Tashabbusli budjetlashtirish jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha

“YO‘L XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni amalga oshirish tartibini takomillashtirish

1.

2021-yilda tajriba tariqasida tanlangan tuman va shaharlarda tashabbusli budjetlashtirish natijalarini hisobga olgan holda “Ochiq budjet” axborot portalini takomillashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil I chorak

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

2.

Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tashabbusli budjetlashtirishning yangi amaliyotlarini joriy etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat

2022-yil III chorak

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar

(kelishuv asosida)

3.

Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan takliflarni ilgari surish va tadbirlarni saralash jarayonini tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarga fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat

2022-yil IV chorak

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

4.

Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan loyihalar orasida “Yil tashabbusi” tanlovini tashkil etish va o‘tazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili mart oyida

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Fuqarolarning budjet jarayoniga jalb etilishi darajasi hamda tashabbusli budjetlashtirish tadbirlari amalga oshirilishi samaradorligi va natijadorligi bo‘yicha davlat hokimiyati organlari faoliyatini baholash tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2022-yil II chorak

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

6.

Tashabbusli budjetlashtirish jarayonining monitoringini amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanma va savolnomalar ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

tuman (shahar) hokimliklari

7.

Hududlarda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan takliflarni ilgari surish va tadbirlarni saralash jarayonlari ustidan monitoring o‘tkazish hamda ularni baholash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Hisobot choragidan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

8.

Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini kengaytirish bo‘yicha Oliy Majlis Senatiga takliflar kiritish, shu jumladan:

mahalliy davlat hokimiyati organlariga Moliya vazirligi tomonidan belgilangan umumiy tamoyillarga asoslangan tashabbusli budjetlashtirishning yangi amaliyotlarini joriy etish huquqini berish;

jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni tanlab olishning umumiy mezonlarini takomillashtirish;

jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlarni (muayyan hududning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda) tanlashning maxsus mezonlarini belgilash va qo‘llash mexanizmini ishlab chiqish;

taqdim etilgan tadbirlarni tanlash va ovoz berish bosqichlarida fuqarolarga tadbirlarni muhokama qilish va ochiq munozaralarda ishtirok etish imkoniyatini yaratish.

Qaror loyihasi

2022-yil III chorak

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari

9.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda jamoatchilik fikriga asosan loyihalarni tanlab olish mexanizmini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat

2023-yil I chorak

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari

II. Tashabbusli budjetlashtirish jarayoni ishtirokchilarining malakasini oshirish, sohada ilmiy-tadqiqot va professional salohiyatni kuchaytirish

10.

Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, “Jalb qilingan vazirliklar, idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari mutaxassislari uchun tashabbusli budjetlashtirish” mavzusidagi ilg‘or o‘quv dasturi bo‘yicha o‘quv seminarini o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil I chorak

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

11.

Tashabbusli budjetlashtirish bo‘yicha o‘quv videokursini ishlab chiqish va “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil I chorak

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

xalqaro tashkilotlar

(kelishuv asosida)

12.

Takliflarni ilgari surish, axborotlarni joylashtirish, tashabbusli budjetlashtirish ishtirokchilarining o‘zaro fikr almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Ochiq budjet” axborot portalida tashabbusli budjetlashtirish tajribalarini ilgari surish bo‘yicha maxsus bo‘lim yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil III chorak

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

13.

Fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlar mutaxassislari va boshqa manfaatdor tomonlar uchun tashabbusli budjetlashtirish to‘g‘risida ma’lumot beruvchi ko‘rgazmali o‘quv materiallarni (sharhlar, qo‘llanmalar va boshqalar) ishlab chiqish va tarqatish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil II chorak

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev),

vazirlik va idoralar

14.

Tashabbusli budjetlashtirish sohasidagi xalqaro tajriba va O‘zbekistonda tatbiq etilayotgan amaliyotlarning tahlili yuzasidan nashrlarni tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil II chorakdan boshlab

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

15.

Respublikada tashabbusli budjetlashtirishni rivojlantirishning o‘ziga xosligini o‘rganish yuzasidan ilmiy seminar va konferensiyalar o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili mart oyida

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

vazirlik va idoralar

16.

Tashabbusli budjetlashtirish bo‘yicha xalqaro tajribani va O‘zbekistonda joriy etilgan amaliyotni o‘rganish maqsadida “Budjet jarayonida fuqarolar ishtiroki” mavzusida xalqaro forum tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil II chorak

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

17.

Partisipator budjetlashtirishni takomillashtirish yuzasidan xalqaro ekspertlar va tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi amaliyotlarni o‘rganish va tajriba almashish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil III chorak

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

III. Tashabbusli budjetlashtirish jarayonining ochiqligini ta’minlash

18.

Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar, yuzaga kelayotgan muammolar va sohaga oid boshqa mavzularda tele-dastur va radio eshittirishlarni tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Reja jadvali asosida

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

(A. Ko‘chimov),

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Xadjayev),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari

19.

Ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, tuman (shahar) hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida va “Ochiq budjet” axborot portalida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan va tegishli mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan tadbirlar ijrosini keng yoritib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Hisobot choragidan keyingi oyning

25-sanasidan kechiktirmay

Tuman (shahar) hokimliklari,

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

 

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.09.2021-y., 07/21/5250/0902-son)