Futbol bo‘yicha Jizzax viloyat avtoyo‘l terma jamoasi Avtomobil yo‘llar qo‘mitasi kubogida qatnashdi.

Estimated read time 1 min read

Futbol bo’yicha «Jizzax viloyat avtoyo‘l terma jamoasi» 7-8 dekabr kunlari Toshkent shahri mezbonlik qilgan «8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi» munosabati bilan o‘tkazilgan Avtomobil yo‘llar qo‘mitasi kubogida qatnashdi. Dastlabki bahsda Jizzax yo‘lchilari «Uzyo’lloyiha davlat unitar korxonasi» jamoasini yirik 6-1 hisobida mag‘lub etib keyingi bosqichga yo‘l oldi. Keyingi bosqichda «Qamchiq maxsus ixtisoslashgan yo‘l korxonasi» jamoasini ham yirik 5-0 hisobida dog’da qoldirib chorak finalga yo‘l oldi. Chorak finalda «Andijon viloyat avtoyo‘l terma jamoasi»ga qarshi bahs yuritgan Jizzax yo‘lchilari dastlabki golni kiritishga muvaffaq bo’lgan bo‘lsalarda, uchrashuv tigashiga yarim daqiqa vaqt qolganda gol o‘tkazib yubordilar, hisob 1-1 va o‘yin nihoyasiga yetti. O‘ziga xos lotareya penaltilar seriyasida esa omad Andijon yo‘lchilariga kulib boqdi. Final bahsida esa Farg‘ona yo’lchilari Sirdaryo yo‘lchilari bilan kuch sinashib, Farg‘ona viloyati yo’lchilari chempionlikni nishonlashdi.

Jizzax viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi futbol bo’yicha Jizzax yo‘lchilar jamoasiga keyingi musobaqalarda omad tilaydi !

You May Also Like

More From Author