Jizzaxda 5 yoshli bola asfalt tekislovchi mashina bosib ketishi oqibatida vafot etdi

Estimated read time 1 min read

Qayd etilishicha, 2021-yil 7-sentabr soat 17:10 lar atrofida tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga tegishli “Katok” rusumli asfalt tekislovchi texnikada velosipedda yurgan voyaga yetmagan, 2016-yil tug‘ilgan bolani bosib ketgan.

Oqibatda 5 yoshli bola voqea joyida halok bo‘lgan.

Aniqlanishicha, voqeaga texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilinmagani, xususan, texnika yaqinida nazoratchi bo‘lmagani sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan korxona rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 147-moddasi (yo‘llarga, yo‘l inshootlariga, yo‘l harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish, ularni saqlash qoidalarini buzish) bilan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.

You May Also Like

More From Author