Rasmiy munosabat

Estimated read time 1 min read

Joriy yilning 10-martida Youtube ijtimoiy tarmog‘ining Uchqun Halikov kanalida e’lon qilingan “xalq o‘zi saylagan deputatni taniydimi prezident siyosati G‘allaorol juma qishlog‘ida.” qabilidagi murojaat yuzasidan Jizzax avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

O‘rganishlar jarayonida, video-murojaatda keltirilgan yo`l davlat ahamiyatidagi 4R 241 “Oqtosh-Xatcha-Obolin” avtomobil yo‘li bo`lib, G‘allaorol tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. Joriy yilning I-choragida yo‘lning 7-14 km qismida joriy ta’mirlash ishlari bajarilib, yo‘lning qatnov kismidagi mayda chuqurchalar asfalt yordamida ta’mirlab chiqilgan. O`z o`rnida ushbu avtomobil yo‘lining 2-7,14-22 km qismlari ham ta’mirtalabligi aniqlandi.

Shuningdek, mahalliy ahamiyatdagi 4k 252 “G‘.G‘ulom d/x-Bolg‘ali q-Yusupov d/x” avtomobil yo‘liga G‘allaorol tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan xizmat ko‘rsatilib, 2022 yilda ushbu yo‘lda ajratilgan limit hisobidan 6-8 km oralig‘idagi tabiiy ofat oqibatida yaroqsiz holatga kelgan 1 dona temirbeton-galereya qurilish ishlari, 2 km shag‘allashtirish, 940 metr asfalt yotqizish ishlari, shundan 380 metr belgilangan limitdan ortiqcha asfalt yotqizish ishlari bajarilganligi aniqlandi. Ushbu yo‘llardagi qolgan tamirtalab yo‘l qatnov qisimlari 2023 yil dastur asosida joriy ta’mirlash ishlari uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan bosqichma-bosqich bartaraf etiladi.

You May Also Like

More From Author