Rasmiy munosabat

Joriy yilning 26 -dekabrida Telegram ijtimoiy tarmog’ining JIZZAXLIKLAR?? kanalida keltirilgan Jizzaxlik haydovchilar nomidan (https://t.me/Jizzax/106707) ruknidagi murojaat yuzasidan Jizzax avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidaglarni ma’lum qiladi:

Jizzax shahar «Bog‘ishamol» mahallasi hududidagi ta’mirlanishi so‘ralayotgan ushbu yo‘l o‘tkazgich 4R35 “Jizzax sh. (4R38 avtoyo‘li)-Paxtakor sh-Do‘stlik sh-M39 (918 km) avtomobil yo‘lining boshlanishi ya’ni 0.169 km da Sangzor daryosi ustidan o‘tkazilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2022 yil 25 oktabrdagi PQ-408-sonli “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan hamda Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining 2022 yil 2 noyabrdagi №VI-38-279-3-0-K/22 -sonli qarorida ta’mirlash ishlari rejalashtirilib, bugungi kunda  “Jizzaxyo‘lloyiha” MCHJ tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan. 

Shuningdek, bosh pudratchini aniqlash “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali amalga oshirilib, Zomin TYFUK g‘olib deb topilgan. Qurilish-montaj ishlari tez kunlarda boshlanishini ma’lum qilamiz.

Jizzax avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati (https://t.me/Jizzax_avtoyol_pressa)

Shuningdek

More From Author