Mahalla faollari va tadbirkorlar bilan uchrashuv..

Estimated read time 1 min read

Zarbdor TFYUK yuriskonsulti U.Parmanov tomonidan 16.12.2022 yilda tuman hokimligi binosida organ vakillari hamda mahalla faollari va tadbirkorlar qatnashuvida “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” 2022 yil 28 noyabrdagi O‘RQ-803 sonli Qonuni yuzasidan xuquq targ‘ibot olib borilganligini, ushbu qonunning maqsadi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligini, ushbu qonunning amal qilishi ko‘chmas mulkning quyidagi turlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi: ya’ni yer uchastkalariga, binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan ob’ektlarga, ko‘p yillik dov-daraxtlarga, mulkiy majmua sifatidagi korxonaga nisbatan tatbiq etilshini, ushbu qonunning amal qilishi yer osti boyliklariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etilmasligini gapirib, mazmun mohiyatini keng ravishda tushuntirish berdi.

You May Also Like

More From Author