Joriy yilning 17-dekabrida ijtimoiy tarmoqlarda (https://t.me/jizzax_yangiliklari/18325 ) tarqalgan murojaat yuzasidan Jizzax viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi. Murojaatda keltirilgan Jizzax shahar «Jizzaxlik» mahallasi hududidagi Zavqiy ko‘chasi bo’lib, ushbu ko‘cha yo‘llari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2010 yil 5 avgustdagi 169-sonli qarorida ko‘rsatilgan «Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxati»ga kiritilmagan. O‘rganish natijasida yana shu narsa ma’lum bo’ldiki, Jizzaxlik mahallasidagi ta’mirlanishi so‘ralayotgan yo‘llar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktabrdagi PQ-408-sonli “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan hamda Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining 2022 yil 2 noyabrdagi №VI-38-279-3-0-K/22 -sonli qarorida Jizzax shahar Jizzaxlik mahallasi hududidagi jami 5,6 km uzunlikdagi ichki xo‘jalik yo‘llarini joriy ta’mirlash ishlari rejalashtirilib, bugungi kunda “Jizzaxyo‘lloyiha” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan Jizzaxlik mahallasi hududidagi A.Qodiriy, G‘.G‘ulom, X.Olimjon, Bobur, Nomozgox, Shalola, Do‘stlik, Birlik, S.O‘ralov, Zavqiy, M.Xusainov, M.Zaripov va Afrosiyob ko‘chalarini sementobeton qoplamasi hamda Samarqand darvozasi, “Sambraxam instituti”ga kirish ko‘chalarini asfal’tobeton qoplamasi bilan ta’mirlash maqsadida bosh pudratchini aniqlash uchun loyiha hujjatlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali joylashtirilgan.
Bosh pudratchi aniqlangandan so‘ng, yuqoridagi mahalla hududidagi ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash ishlari olib boriladi. Joriy yilda Jizzaxlik MFY M.Xusayinov ko‘chasining 503 m uzunlikdagi qismini asfaltlashtirish ishlari «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 noyabrdagi № 635-sonli hamda xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining 2022 yil 10 noyabrdagi №VI-39-285-3-0K/22- sonli qaroriga asosan Respublika va Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan Sharof Rashidov yo‘lsozlari tomonidan amalga oshirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 2 oktabrdagi «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi qonunning 3-bob, 10 va 11-moddalariga asosan tasnifiga ko‘ra ushbu yo‘llar shahar va ichki xo‘jalik avtomobil yo‘llari hisoblanib, Jizzax shahar hokimligi, Shahar obodonlashtirish boshqarmasi hisobida turadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5890-sonli farmonining 6-bandiga asosan ushbu shahar va ichki xo‘jalik yo‘llari hududiy tuman, shahar hokimligi va Obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan shakllantiriladigan “Manzilli dastur” asosida ta’mirlash ishlari olib borilishini ma’lum qilamiz.
Jizzax avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi matbuot xizmati