Rasmiy munosabat

Estimated read time 2 min read

2022 yil 4-11- dekabr kunlari viloyatimiz hududida kuzatilgan yog‘inlar va anomal sovuq natijasida umumfoydalanuvdagi avtomobil Barcha avtomobil yo‘llarida qor yog‘ib, havo harorati keskin sovuganligi oqibatida ayni vaqtda yaxmalaklar yuzaga kelgan. Mas’ul organlar, jumladan YHXB tomonidan bir necha bor (https://t.me/IIBYHXB/5620) , (https://t.me/IIBYHXB/5633) aholini ogohlantirilishiga qaramay qator ko’ngilsiz hodisalar sodir bo’lmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzaxda yo‘lsozlar aybi bilan sodir bo‘lgan YTHda yo‘lovchi halok bo‘ldi” sarlavhasi ostida ko‘plab xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Jizzax avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi xodimlari o‘rganish olib bordi.O’rganishlar natijasida YHT sodir bo’lgan hudud Davlat ahamiyatidagi 4R35 “Jizzax sh-Paxtakor sh-Do’stlik-Gagarin sh-M39” avtomobil yo’lining 25-26km oralig’ida bo’lib, yo’l qordan tozalanib, muzlamaga qarshi tuz-qum aralashmasi sepilgan, biroq qorning yana yog’ishi oqibatida yo’lni takror qor va muz qoplagan. Bu yo’lga xizmat ko’rsatuvchi Paxtakor tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi bo’lib, xizmat ko‘rsatiladigan 121 km uzunlikdagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida korxona ishchi xodimlaridan iborat uzluksiz navbatchilik tashkil qilingan. Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida korxona ishchi xodimlari tomonidan, maxsus texnikalardan foydalanib hosil bo‘lgan muzlamalarga qarshi qum-tuz aralashmasi sepish ishlari uzluksiz amalga oshirilgan.

Shunday noqulay ob-havo paytida barcha harakat qatnashchilaridan, jumladan:

haydovchilardan hali ham yozgi avtoshinalarda harakatlanishayotgan bo‘lishsa, zudlik bilan qishki shinalarga almashtirishlarini hamda qishki shinadagi haydovchilar ularni yaroqliligiga, ya’ni shinaning “tish-protektori”ga alohida e’tibor qaratishlarini, agarda shinaning “protektori” mavjud bo’lmagan yoki yedirilgan taqdirda, bunday transport vositasidan foydalanmasliklarini,

zarurat bo‘lmaganda transport vositasida harakatlanmasliklarini,

transport vositasidan foydalanishgan taqdirda belgilangan qoidalarga amal qilib, oraliq masofani saqlagan holda shaharlar markazlarida, ayniqsa dovon yo‘llarida yetarlicha past tezlikda harakatlanib, yanada ehtiyotkor bo‘lib harakatlanishlarini, 

harakat vaqtida keskin tormoz tepkisini bosmasliklarini,

piyodalarga e’tiborli bo‘lishlarini,

piyodalardan esa yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmasliklarini so‘rab qolamiz

O‘zingiz va o‘zgalar hayotiga befarq bo‘lmang!

You May Also Like

More From Author