Joriy yilning 28-noyabr kuni Jizzaxliklar hamjamiyati / Jizzakh community / Сообщество Джизакцев (https://www.facebook.com/groups/jizzax/posts/6036220949735469/) Facebook ijtimoiy tarmog’ida tarqalgan xabarda aytilgan Zafarobod tuman hududidan o’tuvchi Davlat ahamiyatidagi 4R-37 “Jizzax sh,- Chimqo’rg’on q.- 4R-36” avto/yo’li. yuzasidan Jizzax viloyat Avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi shuni ma’lum qiladiki, Davlat ahamiyatidagi 4R-37 “Jizzax sh -Chimqo’rg’on q.- 4R-36” avtomobil yo’li 1970 yillarda qurilgan bo’lib, 8-10 tonna Yuk tashish avtomobillarga mo’ljallangan. 22-40 km oralig’idagi avtomobil yo’lida 2010- yil Sardoba suv ombori quriliishiga xarsangtosh
materiallarini tashish uchun 25-40 tonnalik yuk tashuvchi avtomobillar o’tishi natijasida va bundan tashqari Zafarobod tuman hududida 2 ta yirik sement zavodi va bir nechta qurilish materiallarini qazib oluvchi karyerlar mavjud bo’lib, ulardan olib chiqilayotgan qurilish materiallari og’ir vaznli 40-90 tonnalik yuk avtomashinalari serqatnovligi sababli ta’mir talab holatga kelib qolgan.
Joriy yilda 4R-37 “Jizzax sh.-Chimqo’rg’on q -4R-36” avtomobil yo’lida (14-40km)
3,3 ming m2 (304 tn) asafaltobeton qoplamasi yotqizilib chuqurchalarini (Yamalarni) hamda yo’lni cho’kkan joylarini qum-shag’al aralashmasi yordamida to’ldirish ishlari bajarilgan. Shuningdek, Jizzax viloyat avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi tomonidan ushbu yo’lni “Manzilli dastur” asosida to’la rekonstruksiya qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga taklif kiritilgan.