Rasmiy Munosabat

Raddiya

Jizzax viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi  joriy yilning 15-noyabr kunida Internet tarmoqlarida (https://ishonch.uz/archives/9971) tushgan avtomobil yo‘llaridagi muammolarga qaratilgan «Yozda chang, qishda loy» tanqidiy maqolasi yuzasidan quyidagilarni  ma’lum qiladi.

Sharof Rashidov tumani Pastki suloqli maxalla fuqarolar yig‘ini xududidagi Mustaqillik, Shodlik, Mevazor ko‘chalari ta’mirtalab holatda ekanligi ushbu hududda yashovchi fuqarolarning norozilikliklariga sabab bo‘layotganligi qayd etilgan.

       Ushbu Sharof Rashidov tumani Pastki So‘loqli mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Mustaqillik, Shodlik, Mevazor ko‘chalari yo‘llari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 5 avgustdagi 169-sonli qarorida ko‘rsatilgan «Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari ro‘yxati»ga kiritilmagan.

O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 2 oktabrdagi «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi qonunning 3-bob, 11-moddasiga asosan tasnifiga ko‘ra ushbu yo‘llar ichki xo‘jalik avtomobil yo‘llari hisoblanib, Sh.Rashidov tuman hokimligi, tuman obodonlashtirish boshqarmasi hisobida turadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5890-sonli farmonining 6-bandiga asosan ushbu ichki xo‘jalik yo‘llari hududiy tuman hokimligi va Obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan shakllantiriladigan “Manzilli dastur” asosida ta’mirlash ishlari olib borilishini ma’lum qilamiz. 

Shuningdek

More From Author