Jizzax viloyat avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi

Fevral 3, 2023

Warning: sprintf(): Too few arguments in /home/jizzaxav/domains/jizzaxavtoyul.uz/public_html/wp-content/themes/chromenews/lib/breadcrumb-trail/inc/breadcrumbs.php on line 253

Tuman❗️

Ayni paytda Jizzax viloyatida kuzatilayotgan noqulay ob-havo, jumladan quyuq tuman tushishi tufayli yo’llarda haydovchi va piyodalarni harakatlanishini sezilarli darajada qiyinlashtiradi. Shu sababdan Jizzax Ko’priklardan foydalanish unitar korxonasi “M39 Almati – Bishkek- Toshkent- Shahrisabz-Termiz” avtomobil yo’lining 993-1012 km oraliqlarida (Xalq tili bilan aytganda Sayxanda, Jizzax perevalda) qalin tuman tushganligi va kun davomida tarqamaganligini ma’lum qilgan holda yo’lda harakatlanayotgan haydovchilardan hushyorlikni yo’qotmasdan, oraliq masofani saqlab , tezlikni oshirmasliklarini, o’zi va o’zgalarning hayotini xavfga qo’ymasdan yo’l qoidalariga rioya qilishlarini so’raydi.

Jizzax viloyat avtomobil
yo’llari bosh boshqarmasi
matbuot xizmati (https://t.me/Jizzax_avtoyol_pressa)