Rasmiy_munosabat

Estimated read time 1 min read

YouTube ijtimoiy tarmog‘i orqali “G`ALLAOROL TUMAN BIRINCHI SEKTORINING QILGAN ISHLARI” (https://www.youtube.com/watch?v=wCkNOD5ET0E) sarlavhasi ostidagi mahalliy ahamiyatdagi 4K237 “M-39 a/y-Lalmikor t/y bekati-Oqtosh” avtomobil yo‘lining 12-30 km oralig‘ini ta’mirlashda amaliy yordam so‘rab qilingan videomurojaat Jizzax viloyati Avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari t o’rganilib, quyidagilar ma’lum qilinadi. Mahalliy ahamiyatga ega 4K237“M-39 a/yo‘li- Lalmikor t/y bekati-Oqtosh” avtomobil yo‘liga G‘allaorol TYFUK xizmat ko‘rsatadi va bu avtomobil yo‘lida 2022 yilda joriy ta’mirlash ishlari jumladan, 0-12 km qismidagi mavjud mayda chuqurchalarni asfaltbeton qorishmasi bilan tamirlash, 12-13 km qismida shag‘al yotqizish ishlari bajarilgan.
Hozirgi kunda ushbu yo‘lning 13-38 km oralig‘idagi qatnov qismlari ta’mirtalab bo‘lib, yo‘lning ushbu qismidagi nosozliklar 2023 yil uchun belgilangan Davlat Dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar hisobidan bosqichma-bosqich bartaraf etilishi ta’minlanadi.

You May Also Like

More From Author