A376 «Qo’qon – Jizzax» avtomobil yo‘lining 264 km.dagi yo’l o’tkazgichda yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari ayni qizg’in pallada.
Shu kunlarda Zarbdor tumani Oltinsoy qishloq hududidan o’tuvchi ko’prikda Jizzax viloyati Avtomobil yo’llari bosh boshqarmasi buyurtmachiligi asosida, Bosh pudratchi Zomin tuman yo’llardan foydalanish unitar korxonasi, yordamchi pudratchi “OrionPremTexServis” mchj tomonidan loyiha qiymati jami 1.3 mlrd so’mlik bo’lgan qurulish ishlari bajarilyapti.