Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz

Estimated read time 3 min read
     

Shu mavzuda Zomin tumani uy joy kadastr agentligi binosida Zomin tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi Yuristkonsult Eshbekov Umidjon Rahmatovich boshchiligida xuquqiy targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda kadastr agentligi xodimlari, tuman arxitektura xodimlari fuqarolar hamda tuman xududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tashkilot vakilari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi ko‘rinishi islohotlar shiddatini susaytirishi bilan xavfli.Shu boisdan ham davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘z vakolatiga kirishishi bilan Prezident sifatida imzo chekkan eng birinchi hujjat “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bo‘ldi. Ushbu qonun me’yorlarining samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida Prezidentning 2017 yil 2 fevraldagi qarori bilan “2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi” qabul qilindi.
Dastur doirasida bir qator qonun loyihalari ishlab chiqildi, mavjudlari inventarizatsiyadan o‘tkazildi. Umuman olganda, so‘nggi yillarda qilingan ishlar tahlili aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilganini ko‘rsatib turibdi.
Prezidentimiz tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmon ham ayni shu maqsadni ko‘zlagani bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Korrupsiya shunday illatki, uni bir yoki ikki idoraning sa’y-harakati bilan yo‘q qilib bo‘lmaydi. Qachonki, barcha fuqarolarimiz, jamiyat unga qarshi birgalikda kurashib, uning ildizlarini yo‘q qilishga kirishilsagina ijobiy natijaga erishish mumkin. Farmonning tub mohiyatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, korrupsiyaga qarshi nafaqat huquqni muhoza qiluvchi idoralar va davlat tashkilotlari, balki jamoatchilik nazorati instituti imkoniyatidan ham keng foydalanish belgilab qo‘yilganini ko‘rishimiz mumkin.
Farmonda jamoatchilik nazoratini olib borishda muhim o‘rin tutuvchi O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning holatini kompleks o‘rganish va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlab borish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalarini tashkil etish tavsiya qilinmoqda.
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, ushbu sohadagi qonunbuzilish holatlari yuzasidan xabar bergan shaxslarni himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish ta’kidlangan.
Xulosa qilib aytganda, mazkur farmon jamiyatda adolatlilik g‘oyasi, barchaning qonun oldida tengligi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim hujjat hisoblanadi. Adolat ustuvor bo‘lgan mamlakatda esa taraqqiyot, xalq farovonligi, islohotlar samarasi ta’minlanadi.

You May Also Like

More From Author